Rishton shaxmat klubi

Rishton shahridagi shaxmat klubi va o‘quv markazi. Biz bilan xalqaro grossmeyster darajasiga chiqing!

Mashg‘ulotda yosh shaxmatchilar
♞
Turnir g‘oliblari diplomlari bilan
♜
♛
Ekranda partiya tahlili
♚
Murabbiy shogird bilan o‘ynamoqda
Sovrindorni taqdirlash
♝
Mashg‘ulotdagi yosh shaxmatchilar
♟
25 nafara’zomiz xalqaro FIDE ID ga ega
Turnirlarklubda muntazam o‘tadigan bolalar musobaqalari
Bepula’zolarga shaxmat kitoblari ulashiladi

Shaxmatni Rishtonda o‘rganing

Rishton shaxmat klubi “Dorul-Omon” mahallasida, B. Roshidoniy ko‘chasidagi o‘quv markazida ishlaydi. Rishtonlik bolalar bu yerda murabbiy rahbarligida mashq qiladi, partiyalarni katta ekranda tahlil qiladi va klub turnirlarida kuchini sinaydi.

  • ♞
    Murabbiy bilan mashg‘ulot. Shogirdlar murabbiy bilan yuzma-yuz o‘ynab, xatolarini birga ko‘rib chiqadi.
  • ♜
    Ekranda tahlil. Partiya va pozitsiyalar butun guruh bilan katta ekranda muhokama qilinadi.
  • ♛
    Masala va kitoblar. Kanalda mot masalalari beriladi, a’zolarga bepul kitoblar ulashiladi.
Murabbiy shogirdlarga dars tushuntirmoqda

Mashg‘ulotlardan lavhalar

Bo‘lajak Sindarov va Abdusattorovlar bizda tahsil olishmoqda.

Klub turnirlari

“Rishton shaxmat klubi”da yosh shaxmatchilar ishtirokida turnirlar muntazam o‘tkaziladi. Bahslar qizg‘in o‘tadi, g‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlanadi.

Faxriy yorliqlar

Klub turnirlari yakunida g‘olib va sovrindorlar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlanadi.

Qudratov Ibrohimjon FIDE ID olgani munosabati bilan
25

a’zomiz xalqaro FIDE ID ga ega

Bugungi kunda “Rishton shaxmat klubi”ning 25 nafar a’zosi FIDE ID ga ega. Bu ular xalqaro reyting turnirlarida qatnasha olishini anglatadi. Qudratov Ibrohimjon ham ana shu safda.

Darsga yoziling

Farzandingizni shaxmatga olib keling yoki o‘zingiz qo‘shiling. Qo‘ng‘iroq qiling yoki ijtimoiy tarmoqlarimizda yozing.

ManzilRishton shahri, “Dorul-Omon” MFY, B. Roshidoniy ko‘chasi, 78-uy